"Kitoblar bilan bir kun" deb nomlangan kutubxona boʻylab sayohat tashkil qilindi.
Do'stlik tuman ixtisoslashtirilgan maktabining faol o'quvchilari tomonidan "Kitoblar bilan bir kun" deb nomlangan kutubxona boʻylab sayohat tashkil qilindi. Sayohat davomida Bibliografiya xizmati mutaxassisi tomonidan barcha xizmat boʻlimlari, kutubxona faoliyati, mavjud adabiyotlar, yaratilgan loyihalar haqida oʻquvchilarga tushunchalar berib oʻtdi.Shuningdek oʻquvchilarni qiziqtirgan savollariga javob berib, oʻlkamiz adiblari haqida ham qisqacha maʼlumotlar berib oʻtdi. Sayohat mobaynida 13 nafar o'quvchi ishtirok etdi.