"Kitobim oftobim" nomli kitobxonlik tadbiri tashkil etildi.
Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari 14-umumiy o‘rta ta'lim maktabi kutubxonasi bilan hamkorlikda Kitobxonlik haftaligi doirasida boshlang'ich sinf o‘quvchilari ishtirokida "Kitobim oftobim" nomli kitobxonlik tadbiri tashkil etildi.Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan kitob haqida ibratli va hikmatli so'zlar ajoyib she‘rlar o‘qildi. Shu bilan birga kitob haqida bir-biridan qiziqarli sahna ko‘rinishlari, quvnoq va go'zal kuy-qo'shiq va raqslarga ulanib ketdi. Tadbir juda qiziqarli va mazmunli tashkil qilindi.