"Kitobdagi taassurotlarim" loyihasi kitobxonlarga targ`ib qilinishda davom etmoqda.
"Kitobdagi taassurotlarim"
🗣loyiha doirasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurayotgan kitobxonlar mutolaa qilgan asarlari yuzasidan o‘z taassurotlarini boshqa kitobxonlar bilan baham ko‘rishga keng jalb etilmoqda. Markaz xodimlari tomonidan loyiha muntazam targ‘ib qilinib, kitobxonlarning fikr-mulohazalari audio va yozma shaklda ommalashtirilmoqda. Mazkur loyiha kitobxonlar o‘rtasida kitob tavsiya qilish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda yangi asarlarni tanlashda o‘zaro tajriba almashish uchun samarali maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.


