"Kitobdagi taassurotlarim" loyihasi doirasida targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
"Kitobdagi taassurotlarim" loyihasi doirasida targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Joriy yilning 7-iyul sanasida "Kitobdagi taassurotlarim" loyihasi doirasida Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari ishtirokida targʻibot-seminari tashkil etildi.
Tadbir davomida loyiha mazmun-mohiyati, uning asosiy maqsad va vazifalari haqida xodimlarga batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, mutolaa qilingan asarlar yuzasidan mazmunli va tahliliy izohlar yozish, QR-kod orqali fikr-mulohazalarni qoldirish tartibi hamda ushbu loyihani kitobxonlar oʻrtasida samarali targʻib etish usullari yuzasidan nazariy va amaliy tavsiyalar berildi.
Seminar yakunida xodimlar bilan amaliy mashgʻulot oʻtkazilib, oʻqilgan asarlar boʻyicha izoh yozish va kitobxonlarni loyihaga jalb etishning samarali yoʻllari muhokama qilindi. Mazkur loyiha kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, mutolaa jarayonida kitobxonlarning fikr almashish muhitini yaratish hamda kitob mutolaasiga boʻlgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.



