"Kitob xazina, bilim boylik" nomli sayohat tashkil qilindi.
Joriy yilning 27-yanvar sanasida Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markaziga 18-umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchilari tomonidan "Kitob xazina, bilim boylik" nomli sayohat tashkil qilindi. Sayohat davomida oʻquvchilarga kutubxona va kitoblardan foydalanish qoidalari, mavjud adabiyotlar hamda kutubxonaning ijtimoiy tarmoqlari haqida umumiy tushunchalar berib oʻtildi. Sayohatga 14 nafar oʻquvchi yoshlar jalb etildi.