"Kitob-xazina, bilim boylik" nomli sayohat tashkil qilindi.
Joriy yilning 20-noyabrida Doʻstlik tuman axborot- kutubxona markaziga 18-umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchilari tomonidan "Kitob-xazina, bilim boylik" nomli sayohat tashkil qilindi. Sayohat davomida oʻquvchilarga kutubxonadan foydalanish qoidalari, axborot - kutubxona markazida joriy etilgan yangi loyihalar, mavjud adabiyotlar, kitobxonlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida tushunchalar berib oʻtildi. Oʻquvchilar oʻzlari qiziqtirgan savollariga AKM mutaxassisidan javob oldilar. Sayohatda 16 nafar oʻquvchi yoshlar ishtirok etishdi.