“Kitob va xavfsizlik"deb nomlangan ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
Joriy yilning 22-sentyabr kuni Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari ishtirokida “Kitob va xavfsizlik"deb nomlangan ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
✅Tashrif davomida mehmonlar axborot-kutubxona markazining elektron o‘quv zali faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Elektron xonada mavjud zamonaviy axborot texnologiyalari, elektron resurslar hamda kitob fondidan foydalanish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, ishtirokchilar kutubxona fondidagi turli yo‘nalishlarga oid adabiyotlar bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan kitoblarni ko‘zdan kechirdilar.
🟢Mazkur tashrif davomida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, zamonaviy axborot-resurslaridan samarali foydalanish hamda mutolaa orqali bilim va dunyoqarashni kengaytirishning ahamiyati ta’kidlandi.



