"Kitob va mutolaa" haftaligining ochilish marosimi bo`lib o`tdi.
Do`stlik tuman Axborot-kutubxona markazida "Kitob va mutolaa" haftaligining ochilish marosimi bo`lib o`tdi.Haftalikning ochilish marosimida AKM xodimlari hamda 18-umumiy o`rta ta`lim maktabining 11-sinf o`quvchilari faol ishtirok etdi.Haftalikning ochilish marosimini M.A.Raximova ochib berdi va tashrif buyurgan o`quvchilarni haftalik davomida tashkil qilinadigan tanlovlar,davra suhbatlari,kitob ko`rgazmalari,so`rovnomalar,viktorina o`yinlari bilan yaqindan tanishtirdi.Shundan so`ng o`quvchilar bilan rejalashtirilgan qiziqarli savol-javoblar,xotira mashqlari,qaysi asardanligini toping? kabi o`yinlar o`tkazildi.Tadbir so`ngida tashrif buyuruvchilarni kutubxona bo`ylab sayohati ham tashkil qilindi.