"Kitob va mutoalaa" haftaligi doirasida tumanimizdagi 2-guruh nogironligi boʻlgan kitobxonlar ishtirokida kompyuter savodxonlik, til bilimdoni va kitobxonlik tanlovlari tashkil qilindi.
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi hamda Doʻstlik tuman Koʻzi ojizlar jamiyati bilan hamkorlikda "Kitob va mutoalaa" haftaligi ochiq eshiklar kuni doirasida tumanimizdagi 2-guruh nogironligi boʻlgan kitobxonlar ishtirokida kompyuter savodxonlik, til bilimdoni va kitobxonlik tanlovlari tashkil qilindi.Kitobxonlik tanlovida ishtirokchilar 2 ta shart boʻyicha bellashdilar.Bellashuv juda qizgʻin va murosasiz bahs munozaraga boy tarzda boʻlib faxrli 1-oʻrinni Raximov Abdukarim egalladi va estalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.Tanlovda 9 ta kitobsevar kitobxon ishtirok etdi.