"Kitob va kutubxona bilan bir kun " nomli sayohat tashkil qildi.
Joriy yilning 14-noyabr sanasida 14-umumiy o'rta ta'lim maktabi faol kitobxon o'quvchilari tomonidan "Kitob va kutubxona bilan bir kun " nomli sayohat tashkil qildi.Ekskursiya davomida barcha ishtirokchilarga kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud zamonaviy imkoniyatlar hamda eng yangi adabiyotlar bilan tanishtirib o'tildi. Shu bilan birga oʻquvchilar "Bag'rikenglik haftaligi" doirasida tashkil etilgan hamda yangi adabiyotlar ko'rgazmalari bilan tanishtirildi.


