"Kitob tavsiyasi va mutolaa muhokamasi" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Joriy yilning 2-iyul sanasida Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda kitob orqali ma'naviy-axloqiy tarbiyani mustahkamlash maqsadida "Kitob tavsiyasi va mutolaa muhokamasi" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida kutubxona mutaxassislari yoshlar uchun tavsiya etiladigan badiiy, tarixiy, ilmiy-ommabop hamda motivatsion asarlar haqida batafsil ma'lumot berdilar. Har bir kitobning mazmuni, g‘oyaviy yo‘nalishi va yoshlar hayotida tutgan o‘rni haqida fikr almashildi.
Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan mutolaa qilingan asarlar yuzasidan qizg‘in muhokamalar olib borildi. Yoshlar kitoblardan olgan taassurotlari, asar qahramonlari, ulardan chiqarilgan hayotiy xulosalar hamda o‘z fikr-mulohazalarini erkin bayon etdilar. Bu esa ularning tahliliy fikrlash, mustaqil xulosa chiqarish va nutq madaniyatini rivojlantirishga xizmat qildi.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan yoshlar kutubxona fondidagi yangi adabiyotlar bilan tanishtirilib, ularning qiziqishlariga mos kitoblar mutolaa qilish uchun tavsiya etildi. Ishtirokchilar bunday uchrashuvlar kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishi, bilim va dunyoqarashni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidladilar.
Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish hamda kitobga mehr uyg‘otishga qaratilgan bunday ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar kelgusida ham izchil davom ettiriladi.



