"Kitob shahriga sayohat" Kvest jamoaviy o`yini bo`lib o`tdi
"Kitobxonlik haftaligi" tadbirlar rejasidan o`rin olgan "Kitob shahriga sayohat" Kvest jamoaviy o`yini bo`lib o`tdi. Kvest jamoaviy o`yini Axborot kommunikasiya texnologiyalar bo`yicha mutaxassis Sh.Nurmurodova tomonidan maktab o`quvchilari ishtirokida qiziqarli topshiriqlar asosida tashkil qilindi. O`quvchilar qiziqarli topshiriqlarni ko`tarinki kayfiyat bilan bajarib guruhini g`olib bo`lishi uchun harakat qildilar. Kvest jamoaviy o`yinida "Barchinoylar" qizlar jamoasi g`olib bo`ldi, "Alpomish botirlar" o`g`il bolalar jamoasi o`yinda kam bal to`plab mag`lubiyatga uchradilar. Jamoaviy o`yinda 20 nafar ishtirokchi qatnashdi.