"Kitob qizning eng yaqin do'sti "nomi sayohat tashkil etildi.
Joriy yilning 10-oktyabr sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markaziga 11- oktyabr "Xalqaro qizlar" kuni munosabati bilan 1-umumiy o'rta ta'lim maktabi 9-sinf qizlari ishtirokida "Kitob qizning eng yaqin do'sti "nomi sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida qizlar yangi adabiyotlar, ilmiy va badiiy asarlar, har bir xizmat faoliyati, shuningdek elektron kutubxona xizmati haqida ma'lumot oldilar. Kutubxona xodimlari ularga kitob o'qish madaniyati, ilmga bo'lgan qiziqishni oshirish yo'llari va mashhur o'zbek ayollari hayoti haqida qiziqarli ma'lumotlar taqdim etishdi. Sayohat iliq muhitda, samimiy suhbatlar kitob iforiga to'la sahifalar orasida o'tdi. Ushbu tashrif qizlarda ilimga, kitobxonlikga va ma'rifatga yanada chuqur qiziqish uyg'otdi.Sayohatda 12 nafar qizlar ishtirok etishdi.



