"Kitob qalbni yorituvchi chiroq" nomli sayohat tashkil etildi.
Joriy yilning 17- fevral sanasida Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markaziga 14- umumiy oʻrta taʼlim maktabining 10- sinf oʻquvchilari va axborot- kutubxona markazining kitobxon oʻquvchilari ishtirokida "Kitob qalbni yorituvchi chiroq" nomli sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida oʻquvchilarga axborot - kutubxona markazi haqida maʼlumotlar berildi va shu bilan birga tarixiy muzeyi bilan ham yaqindan tanishtirildi. Oʻquvchilarga Pirimqul Qodirovning ,,Uch ildiz asari " sharhlab berildi.