Kitob qalb ziyosi
2022-yil 7-iyun sanasida Do`stlik tuman Axborot-kutubxona markazi tashkil topganining 3-yilligi munosabati bilan "Kitob qalb ziyosi" nomli tadbir tashkil qilindi.Tadbirda Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot texnikumining faol kitobxon talabalari ishtirok etdi.Tadbirda kutubxonamizning 3-yil mobaynida amalga oshirgan ishlari haqida qisqacha ma'lumot berildi.AKMning barcha xodimlari o`zlari xizmat faoliyati olib borayotgan xizmatlar haqida qiziqarli chiqishlar qilishdi.Tashrif buyurgan ishtirokchilar uchun kitob va kutubxonaga oid qiziqarli savol- javoblar o'tkazildi. Faol ishtirokchilar taqdirlandi.Tadbirdan lavhani bizni kuzatishda davom etsangiz ko`rishingiz mumkin.