"Kitob qalb ozig‘i" nomli davra suhbati tashkil qilindi.
"Kitob inson tafakkurining eng buyuk mo‘’jizasi bo‘lib, u vaqt va makon chegaralarini yorib o‘tadi, avloddan-avlodga ilm, tajriba va ma’rifatni yetkazadi. Kitobni qo‘liga olgan kishi birgina muallif bilan emas, balki butun insoniyatning asrlar davomida to‘plagan donishmandligi bilan suhbat quradi."
Joriy yilning 23-sentabr sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 1-umumiy o‘rta ta‘lim maktabining faol kitobxonlari va kitobxonlar klubi a'zolari ishtirokida "Kitob qalb ozig‘i" nomli davra suhbati tashkil qilindi.Tadbir davomida "Alpomish" dostoni haqida so‘zlab berildi. Shuningdek o‘quvchilar ushbu asar borasida o‘z fikr mulohazalarni bildirib oʻtishdi. Davra suhbati bahs munozaraga boy bo‘lib, 13 nafar oʻquvchilar faol qatnashdi.


