“Kitob – orzular kaliti” nomli sayohat tashkil etildi.
Joriy yilning 2- mart sanasida Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Oltin vodiy MFYdan tashrif buyurgan 7-maktabning yuqori sinf o‘quvchilari uchun “Kitob – orzular kaliti” nomli sayohat tashkil etildi.
📚Mazkur sayohat davomida o‘quvchilarga kutubxonaning faoliyati, yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar hamda kitob fondi haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, “Faol kitobxonlar” burchagi tanishtirilib, unda muntazam ravishda kitob mutolaa qilayotgan, turli tanlov va tadbirlarda faol ishtirok etayotgan kitobxonlar haqida so‘z yuritildi.
📖O‘quvchilarga yangi zamonaviy kutubxonadan foydalanish qoidalari, elektron o‘quv zali imkoniyatlari hamda kitoblarni izlash va buyurtma berish tartibi tushuntirildi.



