"Kitob oʼqib zavq olamiz" mavzusida tadbir tashkil etildi.
Joriy yilning 28-noyabr sanasida Doʼstlik tumani axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Kitobsevar millat "shiori ostida Mevazor MFY hududidagi sohil boʼyida yoshlarni kitobxonlikka jalb qilish, vaqtlarini mazmunli va maroqli oʻtkazish maqsadida "Kitob oʼqib zavq olamiz" mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda koʼplab yoshlar faol ishtirok etdilar, ular ishtirokida kitobga oid qiziqarli shartlar, savol-javoblar tashkil qilindi va ko'rgazmadagi mavjud adabiyotlar bilan tanishtirildi va o'qish uchun kitoblar tavsiya qilindi.



