"Kitob millat xazinasi" nomli davra suhbati tashkil etildi.
Doʻstlik tuman axborot -kutubxona markazi xodimlari tomonidan tuman IIB tashkiloti xodimlari ishtirokida "Kitob millat xazinasi" nomli davra suhbati tashkil etildi. Ushbu davra suhbatida kutubxonada mavjud kitoblar va shu bilan birga Abdulla Qodiriyning "Jinlar bazmi" kitobi sharhlab berildi. Shundan soʻng xodimlar asarlar yuzasidan oʻz fikrlarini bildirib, kitobxonlik borasida maxsus soʻrovnomaga javob berdilar.



