"Kitob – ma'rifat va taraqqiyot manbai" nomli adabiyotlar ko'rgazmasi tashkil etildi.
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan ochiq osmon ostida "Kitob – ma'rifat va taraqqiyot manbai" nomli adabiyotlar ko'rgazmasi tashkil etildi. Ko'rgazmada tumanimizning faol yoshlari hamda turli tashkilotlarning yosh xodimlari ishtirok etdi.
Ko'rgazmadan ko'zlangan asosiy maqsad kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, kitob mutolaasiga bo'lgan qiziqishni oshirish hamda xodimlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishga ko'maklashishdan iborat bo'ldi.
Ko'rgazmada o'zbek va jahon adabiyotining sara namunalari, tarixiy, ilmiy-ommabop, ma'naviy-ma'rifiy, badiiy hamda zamonaviy adabiyotlar keng namoyish etildi. Ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan kitoblar bilan yaqindan tanishib, mutolaa uchun tavsiya etilgan adabiyotlar haqida batafsil ma'lumotlarga ega bo'ldilar.
Tadbir davomida Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan kitob mutolaasining inson kamolotidagi o'rni, bilim va tafakkurni yuksaltirishdagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, ishtirokchilarga kutubxona fondidagi yangi adabiyotlar, ko'rsatilayotgan axborot-kutubxona xizmatlari hamda elektron resurslardan foydalanish imkoniyatlari haqida ham ma'lumot berildi.



