" Kitob ma'rifat chirog'i " nomli davra suhbati tashkil etildi.
Kitobsiz aql – qanotsiz qush”, “Bilim – aql chirog‘i”, “Go‘zallik – ilmu ma’rifatda”. Bunday hikmatli naqllarni yana uzoq davom ettirish mumkin. Necha ming yillardan buyon insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib kelayotgan, ularning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli bo‘lishining muhim omili – bu kitobga do‘st bo‘lish va kitob o‘qishni kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, yoshlarning hayotida kitobning alohida o‘rni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi. Shu munosabat bilan Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida faol kitobxonlar ishtirokida " Kitob ma'rifat chirog'i " nomli davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida yoshlarga siyosiy adabiyotlar haqida ma'lumotlar berildi va o'quvchi yoshlar o'rtasida savol-javoblar o'tkazildi .