"Kitob - ma'naviyat va ma'rifat manbai" nomli kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi .
Joriy yilning 25-noyabr sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Kitobsevar millat" shiori ostida kitobxonlikni targ'ib qilish maqsadida "Kitob - ma'naviyat va ma'rifat manbai" nomli kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi . Unda turli janrdagi, badiiy, ilmiy, ommabop, ma'rifiy va tarbiyaviy yo'nalishdagi adabiyotlar tuman aholisi va yosh kitobxonlarga keng namoyish etildi. Ko'rgazmaning asosiy maqsadi aholini kitob o'qishga jalb qilish, yoshlar va oilalarda ma'naviy savodxonlikni oshirish shuningdek zamonaviy va klassik adabiyotning eng sara namunalari bilan tanishtirishdan iborat bo'ldi. Ko'rgazmadan o'rin olgan kitoblar haqida fikrlar almashildi va 80 nafar yaqin aholi va yoshlar ishtirok ushbu koʻrgazmaga jalb etildi.




