"Kitob - kamolotga yetaklaydi" nomli sayohat tashkil qilindi.
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan joriy yilning 19-fevral sanasida 14-umumiy o'rta ta'lim maktabining 3 -sinf o'quvchilari ishtirokida "Kitob - kamolotga yetaklaydi" nomli sayohat tashkil qilindi.Sayohat davomida o'quvchilarni Kutubxonamizning "Faol kitobxonlar" burchagi bilan tanishtirib o'tildi va ular singari ko'p kitob mutolaa qilishlari kerakligi aytib o'tildi.O'quvchilarga kutubxonaning kompyuter xonalari va o'quv zalidagi kitoblar, bu yerdagi eng qiziqarli adabiyotlar bilan tanishtirildi.Bolajonlarga kutubxonaga a'zo bo'lish tartib qoidalari tushuntirib berildi.Sayohatda 22 nafar o'quvchilar ishtirok etdi
