"Kitob hayot yo'lini yorituvchi murabbiydir" nomli tadbir tashkil etildi.
"Kitobxonlik haftaligi" doirasida joriy yilning 22-aprel kuni Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazida Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatlik texnikumi talabalari ishtirokida "Kitob hayot yo'lini yorituvchi murabbiydir" nomli tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga kitobxonlik madaniyati va kitob mutolaasining foydali tomonlari haqida aytib o'tildi. Shuningdek noyob va nodir qoʻlyozma asarlar haqida Bibliografiya xizmati xodimlari tomonidan ma'lumotlar berib oʻtildi. Tadbir davomida talabalarga Xayriddin Sultonning " Ishonch telefoni " kitobiga ishlangan videorolik namoyish etildi hamda mantiqiy savol-javoblar, kitob muallifini toping kabi qiziqarli viktorina oʻyinlari oʻtkazildi. Tadbirda 25 nafar talaba yoshlar faol ishtirok etdilar.



