"Kitob bizning do`stimiz" nomli davra suhbati tashkil qilindi.
Joriy yilning 23-sentyabr sanasida Doʼstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari va 18-umumiy oʻrta taʼlim maktabidagi 6-"A"sinf oʻquvchilari ishtirokida "Kitob bizning do`stimiz" nomli davra suhbati tashkil etildi. Unda rus yozuvchisi Lev Tolstoyning "Urush va tinchlik" asariga sharh berilib, asar mazmun mohiyati haqida oʻquvchilarga toʻla bayon etildi. Oʻquvchilar ham asar borasida oʻzlarining fikr mulohazalarini bildirib oʻtishdi.


