"Kitob- bilimlar kaliti" mavzusida sayohat tashkil qilindi.
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markaziga 2-umumiy o'rta taʼlim maktabi faol kitobxonlari ishtirokida "Kitob- bilimlar kaliti" mavzusida sayohat tashkil qilindi. Ekskursiya davomida oʻquvchilarga kutubxonadagi har bir xizmat boʻlimining ish faoliyati bilan tanishtirildi. Shuningdek kutubxonadagi mavjud adabiyotlar, kutubxonaga aʼzo boʻlish tartib va qoidalari, bolalar adabiyoti haqida maʼlumotlar ham berib oʻtildi.Sayohatga 32 nafar oʻquvchilar jalb qilindi.


