"Kitob bilim olamiga ko'zgu"shiori ostida davra suhbati tashkil qilindi.
Do'stlik tumani axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan "Kitob bilim olamiga ko'zgu"shiori ostida davra suhbati tashkil qilindi.O'quvchilarga kutubxonamizdagi yangi adabiyotlarning ko'rgazmasi, shu jumladan,Mirmuhsinning "Ilon o'chi" asari o'quvchilarga namoyish qilindi.Kitobni sharhlar ekanmiz,uning mazmun-mohiyati bugungi kun uchun qanchalik dolzarb ekanligi namoyon bo'ladi va baxs-munozaraga sabab bo'ldi.O'quvchilar bilan qiziqarli savol-javoblar o'tkazildi.Davra suhbati barchaga birdek manzur bo'ldi.Davra suhbatida 10 nafar kitobxon qatnashdi.