“Kitob – bilim manbai” nomli sayohat tashkil etildi.
Joriy yilning 18-aprel sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazida Manas MFY hududidagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 7-sinf o‘quvchilari ishtirokida “Kitob – bilim manbai” nomli sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida o‘quvchilar kutubxona faoliyati, undagi kitoblar fondi hamda yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Kutubxona xodimlari tomonidan o‘quvchilarga kitobning inson hayotidagi o‘rni, mutolaaning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, turli yo‘nalishdagi kitoblar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Sayohat yakunida o‘quvchilarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishi yanada ortdi. Mazkur tadbirda jami 15 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.



