Kitob bilan yozgi kayfiyat
Do'stlik tuman Axborot-kutubxona markazida "Kitob bilan yozgi kayfiyat" nomli ko'rgazma davom etmoqda 23-iyun kuni ta'tildagi kitobxon bolalar o‘rtasida bolalar va o'smirlar adabiyotlari ko'rgazmasi tashkil qilindi.Ko‘rgazmada bolalar adabiyotlaridan turli xil savol-javoblar tashkil qilinib "Eng aqlli maslahat" nomli ertaklar kitobi taqdimoti tashkil qilindi.Taqdimot davomida ertak kitobdan "Jayronlarning ahilligi" nomli ertak mazmuni so'zlab berildi.Taqdimot va ertak barcha bolalarga birdek manzur bo'ldi.