" Kitob bilan olam kezaylik " nomli yangi adabiyotlar koʻrgazmasi tashkil qilindi.
Doʻstlik tuman axborot -kutubxona markazi xodimlari tomonidan IV Respublika Kitobxonlik haftaligi doirasida 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 8-sinf oʻquvchilari ishtirokida " Kitob bilan olam kezaylik " nomli yangi adabiyotlar koʻrgazmasi tashkil qilindi. Koʻrgazmaga oʻzbek hamda jahon adabiyotining turli janrdagi 40 ta eng sara asarlardan qoʻyildi. Oʻquvchilar uchun koʻrgazma davomida Ravshan Abdulla oʻgʻlining " Bu shaharda hech kim yoʻq" kitobi taqdimot qilinib, asar mazmun mohiyati haqida qisqacha tushunchalar berib oʻtildi. Koʻrgazmada 20 nafar kitobxon ishtirok etdi.