“Kitob bilan nurli kelajak sari”nomli qiziqarli va mazmunli sayohat tashkil etildi.
Joriy yilning 13-mart sanasida Do‘stlik tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchilari ishtirokida “Kitob bilan nurli kelajak sari”nomli qiziqarli va mazmunli sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida o‘quvchilar kutubxonaning “Faol kitobxonlar burchagi”, elektron o‘quv zali hamda turli gazeta va jurnallar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, o‘quvchilarga kutubxona faoliyati va kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi qiziqarli video roliklar namoyishi ham tashkil etildi.
Mazkur sayohat o‘quvchilarda kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularning mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishtirishga xizmat qildi.



