“Kitob bilan kelajak sari” nomli qiziqarli va mazmunli sayohat tashkil etildi.
Joriy yilning 30-mart sanasida Do‘stlik tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchilari ishtirokida “Kitob bilan kelajak sari” nomli qiziqarli va mazmunli sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida o‘quvchilar kutubxonadagi boy kitob fondi bilan yaqindan tanishdilar. Ularga turli yo‘nalishdagi adabiyotlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, kitobxonlar uchun tayyorlangan bibliografik ko‘rgazmalar hamda gazeta va jurnallar bilan tanishtirildi.
Mazkur tadbir o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni mutolaa madaniyatiga jalb etish hamda kutubxona faoliyati haqida kengroq tasavvur hosil qilishga xizmat qildi.



