“Kitob bilan kelajak sari”deb nomlangan sayohat tashkil etildi.
Joriy yilning 9-aprel sanasida ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari ishtirokida Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markaziga “Kitob bilan kelajak sari”deb nomlangan sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida o‘quvchilar markaz xodimlari tomonidan iliq kutib olinib, kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.
Tadbir jarayonida o‘quvchilarga “Omadli kitobxon” loyihasi haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, elektron o‘quv zali imkoniyatlari tushuntirilib, undan samarali foydalanish yo‘llari ko‘rsatib o‘tildi.
Bundan tashqari, o‘quvchilar turli badiiy va ilmiy adabiyotlar bilan tanishtirilib, kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur sayohat o‘quvchilarning bilim doirasini kengaytirish va kitobga bo‘lgan mehrini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.



