“Kitob bilan do‘stlashgan bola — bilimli va baxtli bola!” nomli davra suhbati oʻtlazildi
Joriy yilning 22-sentabr sanasida Doʻstlik tumani axborot -kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Kitob bilan do‘stlashgan bola — bilimli va baxtli bola!” nomli davra suhbati oʻtlazildi. O‘quvchilarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni badiiy adabiyotga mehr ruhida tarbiyalash maqsadida mazmunli davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida Xudoyberdi Toʻxtaboyevning Donishmand bobo ertaklari kitobidan "Itdan oʻch olgan boʻri " nomli ertagi soʻzlab berildi.
✅Davra suhbati davomida o‘quvchilarga turli yoshdagi kitobxonlar uchun mo‘ljallangan qiziqarli va tarbiyaviy ahamiyatga ega kitoblar namoyish etildi.
📖 Kitob — insonning eng yaqin do‘sti, bilimning bitmas-tuganmas manbai. Kitob o‘qigan bola fikrlashi, dunyoqarashi va nutqini rivojlantirib, kelajakka ishonch bilan qadam qo‘yadi.


