Kitob bilan do'st bo'laylik
Do'stlik tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari 2022-yil 20-may sanasida maktab o'quvchilari bilan "Kitob bilan do'st bo'laylik" mavzusida tadbir tashkil qildi.Tadbirda 1-umumiy o'rta ta'lim maktabining o'quvchilari ishtirok etdi.Tabirda o'quvchilar uchun qiziq bo'ladigan va tanlovlarda qo'yilayotgan badiiy adabiyotlar haqida ma'lumot berib otildi.Ayni damda o'quvchilar qaysi kitoblarni o'qiyotganligi haqida ham so'raldi.Eng sevimli she'rlar,qo'shiqlar o'quvchilar tomonidan kuylab berildi.Ularni kitobga qiziqishini oshirish maqsadida qiziqarli bilag'on kitobxonlik o'yinlari tashkil qilindi.Kutubxonachilar tomonidan kitoblardan ovozli o'qish ham tashkil qilindi.Tadbir barchaga manzur boldi.Tadbirda 63 nafar o'quvchi ishtirok etdi.

