" Kitob bilan do'st bo'laman " nomli tadbir tashkil etildi.
Yoshlikda olingan bilim - toshga o'yilgan naqsh kabidir . 2 - aprel sanasi Xalqaro bolalar kitoblari kuni sifatida nishonlab kelinadi . Bu kunda bolalarni kitob o‘qishga qiziqtirish, ularda bu mashg‘ulotga mehr va ishtiyoqni uyg‘otish uchun turli tadbirlar, o'tkaziladi. Shu munosabat bilan Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 18 - maktabi o'quvchilari ishtirokida " Kitob bilan do'st bo'laman " nomli tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida xodimlar tomonidan o'quvchilarga ertak qahramonlarini taniysizmi, topishmoqni toping hamda boshqa qiziqarli o'yinlar o'tkazildi.