“Kitob bilan boyigan ma’naviyat”deb nomlangan sayohat tashkil etildi.
Joriy yilning 6- mart sanasida Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Do'stlik tuman yong‘in xavfsizligi xodimlari ishtirokida “Kitob bilan boyigan ma’naviyat”deb nomlangan sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida mehmonlar kutubxonadagi “Faol kitobxonlar” javoni bilan tanishtirildi. Ushbu javonda eng faol kitobxonlar tomonidan mutolaa qilinayotgan va tavsiya etilayotgan kitoblar namoyish etildi.
Shuningdek, mehmonlarga o‘lkashunoslikka oid gazeta va kitoblar haqida ham ma’lumot berilib, ular orqali yurtimiz tarixi, madaniyati va qadriyatlarini yoritib beruvchi manbalar bilan yaqindan tanishtirildi.
Mazkur sayohat kitobxonlikni targ‘ib qilish, kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish hamda ma’naviy bilimlarni boyitishga xizmat qildi.



