"Kitob bilan birga bilimga" deb nomlangan sayohat
Do‘stlik Axborot-Kutubxona markaziga Do‘stlik tuman Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Do‘stlik tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 7-sinf o'quvchilari tomonidan "Kitob bilan birga bilimga" deb nomlangan sayohat tashkil qilindi. Sayohat davomida o‘quvchilarga kutubxona va kitobdan foydalanish qoidalari tushuntirilib, shoir va yozuvchilar hayoti hamda muhim sanalarga bag'ishlangan ko'rgazmalar bilan tanishtirildi.