"Kitob bebaho ma'naviy boylik" mavzusida kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.
Joriy yilning 10-sentyabr kuni Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazida “Kitob va mutolaa” haftaligi doirasida 1-umumiy o'rta ta'lim maktabining 8-sinf o’quvchilari ishtirokida "Kitob bebaho ma'naviy boylik" mavzusida kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi. Kutubxona mutaxassislari tomonidan o’quvchilarga TAKMdagi xizmatlar faoliyati, axborot-kutubxona fondi, kutubxonadan foydalanish qoidalari haqida ma’lumotlar berildi.
Bundan tashqari oʻquvchilar kutubxonaning abonomentlar bo‘limi, kitob ko‘rgazmalari, erkin zona va kutubxona yangiliklari bilan yaqindan tanishdilar.