Kim❓Qachon❓Nima❓Qayerda❓ nomli intellektual online viktorina o`tkazildi.
Joriy yilning 9-sentyabr sanasida Kitob va mutolaa haftaligi doirasida Do`stlik tuman axborot-kutubxona markazi, Do`stlik tumani Yoshlar ishlari agentligi hamkorlikda Sanoatchilar MFYnining ijtimoiy tarmoqlarida Kim❓Qachon❓Nima❓Qayerda❓ nomli intellektual online viktorina o`tkazildi. Tanlovda 15 ta mantiqiy,badiiy adabiyotlardan,qiziqarli savollar o`ynaldi.Online tanlovda berilgan savollarga tezkorlik bilan to`g`ri javob bergan QO'CHQOROV JAVLONBEK NARZIQUL O'G'LI tanlovimiz g`olibi bo`ldi.Online tanlovimizda ishtirok etgan barcha ishtirokchilarga o`z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.G`olibimizni esa chin dildan tabriklaymiz.