“Kim? Nima? Qachon? Qayerda?” nomli intellektual onlayn viktorina tashkil etildi.
Joriy yilning 6-aprel sanasida Do‘stlik tumani Axborot-kutubxona markazi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida Oltin Vodiy mahallasi Telegram guruhida “Kim? Nima? Qachon? Qayerda?” nomli intellektual onlayn viktorina tashkil etildi.
Mazkur viktorinada ishtirokchilar faol qatnashib, o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng ko‘p savollarga to‘g‘ri javob bergan ishtirokchi — Sulaymonov Ilg‘or g‘olib deb topildi va onlayn diplom bilan taqdirlandi.
Shuningdek, g‘olib Sulaymonov Ilg‘or Axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurib, o‘z diplomini tantanali ravishda qabul qilib oldi.


