“Kichkintoylar uchun katta olam” nomli bolalar adabiyoti ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Joriy yilning 17-aprel sanasida Do‘stlik tumani axborot-kutubxona markazida kichik yoshdagi jajji kitobxonlar uchun “Kichkintoylar uchun katta olam” nomli bolalar adabiyoti ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Mazkur ko‘rgazmada bolalar uchun eng sevimli va qiziqarli bo‘lgan ertaklar, ensiklopediyalar hamda turli janrdagi bolalar asarlari keng o‘rin oldi. Ko‘rgazma javonlaridan o‘rin olgan kitoblar jajji kitobxonlarning qiziqishini uyg‘otadigan, ularning tasavvur olamini boyitadigan va bilim doirasini kengaytirishga xizmat qiladigan sara adabiyotlardan iborat bo‘ldi.
Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi — yosh avlodni kitobxonlikka keng jalb etish, ularning badiiy-estetik didini shakllantirish, milliy hamda jahon bolalar adabiyotining eng yaxshi namunalarini keng targ‘ib etishdan iboratdir.
Tadbir davomida o‘zbek va jahon bolalar yozuvchilarining turli janrdagi asarlari — ertaklar, qissalar, she’riy to‘plamlar hamda zamonaviy bolalar adabiyoti namunalari keng namoyish etildi. Jajji kitobxonlar ushbu asarlar bilan yaqindan tanishib, o‘zlariga manzur bo‘lgan kitoblarni mutolaa qilish uchun tanlab oldilar.
Mazkur ko‘rgazma bolalarda kitobga bo‘lgan mehr va qiziqishni yanada oshirish, ularning dunyoqarashini kengaytirish hamda ma’naviy kamolotini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etdi.


