"Keling birga kitob o'qiymiz " nomli sayohat tashkil qilindi.
Do'stlik tuman axborot kutubxona markaziga 13-umumiy o'rta ta'lim maktabi 7-sinf o'quvchilari tomonidan "Keling birga kitob o'qiymiz " nomli sayohat tashkil qilindi. Sayohat davomida o'quvchilarga kutubxona va kitobdan foydalanish qoidalari hamda qiziqarli kitoblar haqida ma'lumot berildi.Shu bilan birga Fondlarni toʻldirish saqlash va qayta ishlov berish xizmati tomonidan yangi adabiyotlar koʻrgazmasi tashkil qilinib, koʻrgazmada Komil Sindarovning "Temuriylar kutubxonasining siri" kitobi taqdimot qilindi. Oʻquvchilar sayohat davomida oʻzlari qiziqtirgan savollariga javob oldilar va tadbir davomida 18 nafar o'quvchi ishtirok etdi.