"Kelajak avlod uchun Behbudiy ibrat " nomli bellashuv tadbiri tashkil qilindi.
Joriy yilning 19-dekabr sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazida o'zbek jadid adabiyotining buyuk namoyondasi ,ma'rifatparvar olim, drammaturg va millat fidoiysi Maxmudxo'ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan "Kelajak avlod uchun Behbudiy ibrat " nomli bellashuv tadbiri tashkil qilindi.Bellashuvda 1-umumiy o'rta ta'lim maktabining "Jadidlar avlodi" jamoasi hamda 14-umumiy o'rta ta'lim maktabining "Kitobsevar yoshlar" jamoasi 3 ta shart bo'yicha bellashishdi. Tadbir avvalida axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda 1-umumiy o'rta ta'lim maktabining ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi Tursunmatova Baxtinisolar tomonidan adibning hayoti, ta'lim olishi, jadidchilik harakatidagi faoliyati va tarixiy xizmatlari haqida oʻquvchilarga ma'lumotlar berib oʻtdilar. O'qituvchi Tursunmatova Baxtiniso opa o'z so'zi so'ngida Behbudiy-bu faqat adib emas, Behbudiy-bu uyg'onish, Behbudiy bu - milllat kelajagi uchun yonib yashagan siymo, adibning hayoti va faoliyati biz uchun o'rnak deya so'ziga yakun yasadi. Shundan so'ng quyidagi shartlarni bajarishga start berildi.
1-shart "Behbudiy hayot yo'li"
2-shart Asardan parcha
3-shart Savol-javob -Jadidlar izidan.
Ushbu shartlar bo'yicha guruhlar qizg'in va murosasiz bellashdilar va o'z salohiyatlarini namoyon qilishdi. Tadbirda faxrli 1-o'rinni 1-umumiy o'rta ta'lim maktabining "Jadidlar avlodi" jamoasi, 2-o'rinni esa 14-umumiy o'rta talim maktabining "Kitobsevar yoshlar" jamoasi egallashdi va axborot-kutubxona markazi tomonidan diplom va estalik sovg'alari bilan taqdirlandi.




