" Kechgi mutolaa zavqi " nomli davra suhbati tashkil qilindi.
Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida faol kitobxon ishtirokida Kitobsevar millat shiori ostida " Kechgi mutolaa zavqi " nomli davra suhbati tashkil qilindi. Tadbir davomida adabiyotlar ko‘rgazmasi hamda turli xil kitoblar sharhi va kitob o‘qish soatlari tashkil qilindi, shuningdek savol-javoblarga boy qiziqarli o`yinlar tashkil qilinganligi kitobxonlarda yuqori taassurotlar uyg`ota oldi.