“Kecha orzu qilgan yorqin kunduzlar” nomli kitob taqdimoti tashkil etildi.
Joriy yilning 12-oktyabr sanasida Do‘stlik tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Do‘stlik tumani ixtisoslashtirilgan maktabida atoqli o‘zbek adibi, jadidchilik harakatining yirik namoyandasi Abdulhamid Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romani asosida “Kecha orzu qilgan yorqin kunduzlar” nomli kitob taqdimoti tashkil etildi. Tadbirda maktabning faol kitobxon o‘quvchilari, Pedagogika universiteti O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti talabasi Temirova Vazira hamda maktab kutubxonasi mudirasi ishtirok etdilar.
📝Taqdimotdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchilarni milliy adabiyotimizning nodir namunalari bilan yaqindan tanishtirish, ularda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, badiiy asarlarni mustaqil tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda yosh avlod qalbida milliy qadriyatlarimiz va tarixiy merosimizga hurmat tuyg‘usini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.


