“Kashmir qo‘shig‘i” asariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 26-noyabr sanasida faol kitobxon o'quvchilar ishtirokida “Bir asar tarixi” shiori ostida atoqli adib Sharof Rashidovning “Kashmir qo‘shig‘i” asariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
⚡️Davra suhbatida asarning yaratilish tarixi, g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, qahramonlar timsolida mujassam etilgan ezgulik, muhabbat, vafo va sadoqat kabi yuksak insoniy fazilatlar haqida fikr yuritildi.
Asarning bosh qahramonlari Nargiz va Bamburning samimiy muhabbati, turli sinovlar qarshisidagi matonati, ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurash asarning asosiy mazmunini tashkil etishi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, adibning tabiat go‘zalligi va insoniy tuyg‘ularni mahorat bilan uyg‘unlashtira olganligi haqida so‘z bordi.



