"Jizzaxlik mashxurlar tarixini bilib oling" nomli tadbir
Do'stlik tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan INFOLIB O'zbekiston -2022 XI Milliy Axborot-kutubxona haftaligining 5-kunida 1-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilari hamda faol kitobxonlar ishtirokida "Jizzaxlik mashxurlar tarixini bilib oling" mavzusida tadbir tashkil qilindi. Tadbirda Jizzaxda tug'ilgan va yurtimiz ravnaqi uchun ulkan ishlarni amalga oshirgan, adabiyotimizda o'zining buyuk asarlari bilan katta hissa qo'shgan adiblarimiz haqida suhbat qilinib, viktorina o'yinlari tashkil qilindi. Baxt va shodlik kuychisi sifatida xalqning mehrini qozongan shoir Hamid Olimjon she'rlaridan na'munalar o'qishdi. Tadbir so'nggida haftalik davomida faol ishtirok etgan ishtirokchilar Axborot-kutubxona markazi tomonidan taqdirlandi.