Jizzax viloyati hamda Do‘stlik tumani tarixiga bag‘ishlangan bibliografik tavsiya tashkil etildi.
Joriy yilning 16-sentyabr sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxon o‘quvchilar ishtirokida Jizzax viloyati hamda Do‘stlik tumani tarixiga bag‘ishlangan bibliografik tavsiya tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga Jizzax vohasining qadimiy tarixi, uning hududida shakllangan tarixiy maskanlar, madaniy meros namunalari hamda viloyatning yurtimiz tarixidagi o‘rni haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, Do‘stlik tumanining tashkil topishi, nomining mazmun-mohiyati, hududning rivojlanish tarixi va bugungi qiyofasi haqida ma’lumotlar taqdim etildi. O‘quvchilarga mavzuga oid tarixiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar tavsiya qilinib, ularni o‘qish orqali o‘zlari yashayotgan hudud tarixini yanada chuqurroq o‘rganishga chorlandi.
🔴 Tarixini bilgan avlod — kelajagini anglaydi.
Mazkur bibliografik tavsiyaning asosiy maqsadi yosh kitobxonlarda ona Vatanga, tug‘ilib o‘sgan zaminiga mehr va hurmat tuyg‘ularini kuchaytirish, tarixiy xotirani asrab-avaylash hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.



