“Javondan taralayotgan ziyo” nomli qiziqarli sayohat tashkil etildi.
Joriy yilning 28-aprel sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurgan 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirokida “Javondan taralayotgan ziyo” nomli qiziqarli sayohat tashkil etildi.
🔖Sayohat davomida o‘quvchilar kutubxonaning turli bo‘limlari, mavjud adabiyotlar hamda boy kitob fondi bilan yaqindan tanishdilar.
📚 Sayohat jarayonida bolalarga kutubxonadan foydalanish qoidalari, kitoblarni asrab-avaylash, mutolaaning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ayniqsa, ularga “Faol kitobxonlar” burchagi hamda “Omadli kitobxon” loyihalari haqida tushunchalar berilib, ushbu loyihalarning maqsad va vazifalari bilan yaqindan tanishtirildi.



